💡Ilmiy startaplarni akseleratsiya qilish uchun C.A.T. Science Accelerator dasturi

🔹Siz ilm-fan sohasida ishlaysizmi, odamlarning hayotini yaxshilash haqida orzu qilasizmi, sizda biznes-g‘oyalar bormi?
🔹O‘z loyihangizni ishga tushirish ishtiyoqidamisiz?

C.A.T. Science Accelerator sizga g‘oyangizni amalga oshirishga yordam beradi!

👨‍🏫Kimlar uchun: Nomzodlarga hech qanday chegaralar mavjud emas.

👩‍🔬👨‍🔬Mentorlar: C.A.T. Science Accelerator mentorlari hamda turli sohalar bo’yicha yetuk spikerlar taklf qilinadi.

🔎Qabul jarayoni: Ariza formasini to’ldiring.

Saralash 2 bosqichda olib boriladi:
1. Arizalar (loyihalar) ning talablarga mosligi tekshiriladi va baholanadi;
2. Dastlabki saralashdan o’tgan jamoalar o’z loyihalarini taqdimot qiladilar va top loyihalar dasturga qabul qilinadi.

📅Ariza topshirishning eng oxirgi sanasi: 2024-yil 18-agust 23:59 gacha.

Til: Dastur asosan O’zbek tilida olib boriladi. Lekin Ingliz va Rus tilidagi materiallardan ham foydalaniladi.

Arizalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:

🔸 oziq-ovqat texnologiyalari;
🔸 biotexnologiya;
🔸 “yashil” texnologiyalar;
🔸 diagnostika va biotibbiyot;
🔸 muqobil energiya manbalari;
🔸 yangi materiallar;
🔸 tibbiyot va oziq-ovqat sohalarida IT va raqamli texnologiyalar.

Foydali tomonalari:

✔️ Akseleratorda qatnashish mutlaqo BEPUL;
✔️ Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyalari va ustaxonalaridan foydalanish imkoniyatini;
✔️ tajribali mentorlar (murabbiylar) hamrohligi;
✔️ akseleratsiya dasturidan o‘tilgani haqidagi sertifikat;
✔️ InnoWeek xalqaro ko’rgazmasida loyihangizni taqdimot qilish imkoni.
✔️ Innovatsion rivojlanish agentligining startaplar va g’oyalar tanlovlarida ishtirok etish uchun ko’nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etamiz.

Tarix:

Biz hozirgacha 5 ta akseleratsiya dasturini o‘tkazdik.

🏆Akseleratorimizning 7 ta startapi umumiy miqdori 5 000 000 000 so‘mlik mablag‘larga ega bo‘ldi!

Ko’plab jamoalar o’z bisneslarini muvaffaqiyatli yo’lga qo’yishga erishdilar.

Akselerator Innovatsion rivojlanish agentligi va Erasmus+ “Ecampuz” loyihasi tomonidan qo’llab quvatlanadi

Batafsil: https://t.me/CATscienceAccelerator