Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “ECAMPUZ European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and TechnologyE RASMUS-EDU-2022-CBHE” loyihasi doirasida 2023-yil 18-30-sentabr kunlari 5 O’zbekiston🇺🇿🇺🇿🇺🇿 OTM hamkor tashkilotlar, ya’ni – Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Andijon Davlat Universiteti hamda Urganch Davlat Universitetidan 26 nafar bakalavriat, magistratura va PhD talabalari uchun loyihaning birinchi ikki haftalik trening kursi (CAMP 1) olib borilomoqda.
27-28 sentabr kunlari talabalar Ilg’or texnologiyalar markazida Kopengagen universiteti professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitildi.
UCPH jamoasi o’zbekistonlik talabalarni oziq-ovqat fanlari sohasidagi ilg’or bilimlar, innovatsion texnologiyalar va analitik usullar bilan tanishtirdi.
ECAMPUZ loyihasining CAMP 1 jamoasi O‘zbekistonning yetakchi pivo zavodi “UzCarlsberg”ga tashrif uyushtirdi, u yerda CAMP 1 ishtirokchilari xom ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan zamonaviy pivo ishlab chiqarish liniyasini ko‘rdilar.
1-CAMP mini-konferentsiya bilan yakunlandi, unda guruhlar 2023-yil 29-sentabr kuni yalpi majlisda muammolarga oʻzlarining innovatsion yechimlarini ITMda taqdim etdilar va 2023-yil 31-dekabrgacha yakuniy hisobot ustida ishlash uchun Yevropa Ittifoqi trenerlaridan umumiy fikr-mulohazalarini oldilar.
Leave A Comment