Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “ECAMPUZ – O‘zbekiston olimlari uchun oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari bo‘yicha Yevropa jahon iste’dodlar lageri – ERASMUS-EDU-2022-CBHE” loyihasi doirasida “CAMP 2 treningi ishtirokchilari bilan takroriy uchrashuvlar” 2024 yil 14-15 oktabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida tashkil etiladi 🇺🇿

Kopengagen universiteti (Daniya)🇩🇰 va Ekstremadura universiteti (Ispaniya) 🇪🇸 trenerlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti 🇺🇿, O’zbekiston Milliy universiteti 🇺🇿 , Buxoro muhandislik-texnologiya instituti🇺🇿, Andijon davlat universiteti 🇺🇿 va Urganch davlat universiteti 🇺🇿 dan ishtirok etgan CAMP 2 trening ishtirokchilari bilan qo’shimcha ilmiy seminarlar va muhokama sessiyalari o’tkazadilar.

O‘tkazilish joyi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Manzil: Navoiy ko’chasi, 32, Toshkent, O‘zbekiston
Sana: 2024 yil 14-15 oktyabr
O’tkazilish tili: ingliz tili