Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “ECAMPUZ – European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology – ERASMUS-EDU-2022-CBHE” loyihasi.

C.A.T. Science Accelerator dasturining ochilish marosimi Ilg‘or texnologiyalar markazida 2024-yil 4-sentabrda tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdiqulova dastur ishtirokchilari uchun tabrik so‘zi bilan chiqib, O‘zbekistonda innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishda startaplar muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, Shahlo Turdiqulova C.A.T. Science Accelerator 2018-yilda tashkil etilgandan buyon o’tgan uning muvaffaqiyatli dasturlari haqida ham to’xtalib o’tdi.

Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori o‘rinbosari Dilbar Dalimova marosim mehmonlarini qutladi va C.A.T. Science Accelerator ishtirokchilatrini O‘zbekiston bo‘ylab yuzlab talabgorlar orasidan tanlab olinganini ta’kidladi.

Ishtirokchilar o‘z murabbiylari bilan shaxsan uchrashish imkoniga ega bo‘ldilar. Murabbiylar dasturning asosiy jihatlari, Demo Kungacha bo‘lgan davr mobaynida jamoalar tomonidan loyihalarni ishlab chiqish va takomillashtirish, shuningdek, tadbirning o‘zi haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Ishtirokchilar akselerator qoidalari bilan tanishtirildi.
Shuningdek, interaktiv mashg‘ulot o‘tkazilib, unda jamoalar o‘z loyihalarini qisqacha taqdim etish va bir-birlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

ECAMPUZ loyihasi menejeri loyiha haqida, jumladan uning maqsadlari, vazifalari va bo‘lajak tadbirlari haqida ma’lumot berdi.

Bizni kuzatib boring:
Website: ecamp.uz
Facebook: https://www.facebook.com/ecampuzproject/
Instagram: https://www.instagram.com/ecampuzproject/ (80 subscribers)
YouTube: https://www.youtube.com/@ECAMPUZPROJECT
Twitter: https://x.com/EcampuzP77922
Telegram: https://t.me/PROJECT_ECAMPUZ