“ECAMPUZ – O’zbekiston olimlari uchun oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari bo’yicha Yevropa jahon iste’dodlar lageri – ERASMUS-EDU-2022-CBHE” loyihasi 2024-yil 26-fevraldan 4-martgacha Andijon davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va Ilg‘or texnologiyalar markazida “CAMP 1 ishtirokchilari bilan keyingi uchrashuvlar”ni tashkil etdi.
CAMP 1 ishtirokchilari bilan keyingi uchrashuvlarni tashkil etishdan maqsad – CAMP 1 ishtirokchilari va O’zbekistonning boshqa hamkorlari, jumladan, oziq-ovqat sanoati bilan qo‘shimcha ilmiy seminarlar o‘tkazishdan iborat. Ushbu jarayon loyiha taraqqiyotini ta’minlash va CAMP 1 qo’mitasi va talabalarning fikr-mulohazalari asosida kelajakdagi CAMP o’quv-treninglarini yaxshilashga yordam berish uchun mo’ljallangan.
“CAMP 1 ishtirokchilari bilan keyingi uchrashuvlar” jadvali:
- Andijon davlat universiteti – 2024 yil 26 fevral;
- Urganch davlat universiteti – 2024 yil 27 fevral;
- Buxoro muhandislik-texnologiya instituti – 2024 yil 29 fevral;
- Ilg‘or texnologiyalar markazi (Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining CAMP 1 ishtirokchilari bilan) – 2024-yil, 4-mart.
Yevropa Ittifoqi trenerlari CAMP 1 ishtirokchilari va ular tomonidan tayyorlangan hisobotlar haqida qisqacha ma’lumot berishdi.
O’zbekiston OTM vakillar oziq-ovqat fani va texnologiyasi doirasida o’qitiladigan asosiy fanlar, shuningdek, o’z muassasalarida oziq-ovqat fani va texnologiyasi bo’yicha asosiy tadqiqotlar haqida qo’shimcha ma’lumot berishdi.
Uchrashuvlarning eng diqqatga sazovor qismlaridan biri-“Promeat” MCHJ, “Uzyog’moysanoat” uyushmasi, “Mehnat Pivo” MCHJ, “O’zbekiston shampani” AJ, “Innovation-ideas” MCHJ va boshqa oziq-ovqat korxonalari vakillari hamda loyihaning Yevropa Ittifoqidan vakillari o’rtasidagi suhbat bo’ldi. Uchrashuvlar davomida O’zbekiston oziq-ovqat sanoatining dolzarb muammolari muhokama qilindi.
Leave A Comment