📣ECAMPUZ loyihasi Urganch davlat universiteti (UrDU)ning 4 nafar talabasi uchun CAMP 2 o’quv-treningi doirasida aralash oʻqitish rejimini tashkil qildi🇺🇿
📝Mavzular: Oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat mikrobiologiyasi
✅CAMP 2 Onlayn ma’ruzalar davri: 2024 yil 25-27 iyun va 10-12 iyul
✅CAMP 2 davri jonli: 2024 yil 2-5 iyul
🔔Mezbon tashkilot: Kopengagen universiteti, Daniya🇩🇰
Oziq-ovqat mikrobiologiyasi bo’yicha onlayn ma’ruzalar 2024 yil 25 iyunda boshlandi va 2024 yil 12 iyulda tugaydi. Ekstremadura universitetida🇪🇸 CAMP 2 treningida yoritilgan barcha oziq-ovqat mikrobiologiyasi mavzulari 4 nafar ishtirokchiga onlayn tarzda taqdim etiladi.
UrDU 🇺🇿 dan 4 nafar ishtirokchimiz va 1 nafar hamroh o’qituvchimiz o’tgan hafta mobaynida Kopengagen universitetida 🇩🇰 oziq-ovqat xavfsizligi bo’yicha intensiv treningda ishtirok etdilar. Ma’ruzalarning birinchi kuni “Fodomika” mavzusi bilan boshlandi, bu mavzu bo’yicha umumiy ma’lumot berilib, oziq-ovqat ilm-fani va inson ovqatlanishida fudomikaning ahamiyati ta’kidlandi. Ishtirokchilarga GC-MS texnikasi o’rgatildi, infraqizil spektroskopiya (IR) va yaqin infraqizil spektroskopiya (NIR) mavzularidar ma’ruza va amaliy darslar o’tildi.
Bizning veb-sayt: ecamp.uz
Telegram: https://t.me/PROJECT_ECAMPUZ
Twitter: @EcampuzP77922
YouTube: @ECAMPUZPROJECT
Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100094034706705…
Instagram: https://www.instagram.com/ecampuzproject/
Leave A Comment