Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “ECAMPUZ European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology ERASMUS-EDU-2022-CBHE” loyihasi doirasida 2023-yil 18-30-sentabr kunlari 5 O’zbekiston OTM hamkor tashkilotlar, ya’ni – Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Andijon Davlat Universiteti hamda Urganch Davlat Universitetidan 26 nafar bakalavriat, magistratura va PhD talabalari uchun loyihaning birinchi ikki haftalik trening kursi (CAMP 1) olib borilomoqda.
25-26 sentabr kunlari darslar Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Oziq-ovqat xavfsizligi va funksional mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasida olib borildi. Bunda Estremadura Universiteti va Kopengagen Universiteti professor-o’qituvchilari O’zbekistonlik talabalarga oziq-ovqat sohasidagi zamonaviy bilimlar, innovatsion texnologiyalar va analiz usullari bo’yicha saboq berdi. Shuningdek, ishtirokchilar Estremadura Universiteti professori Jorge Ruiz-Carrascal boshchiligida va MCHJ “Promeat” xodimlari ko’magida kafedra laboratoriyasida o’rnatilgan uskunalarda sosiska mahsuloti ishlab chiqarish texnologiyasini amalda qo’llab ko’rdilar.
27-28 va 29 sentabr kunlari trening Ilgʻor texnologiyalar markazida olib boriladi. Treningning so’nngi kuni (29-sentabr) guruhlarning berilgan topshiriqlar bo’yicha taqdimot himoyasi va tadbir bilan yakunlanadi.
Leave A Comment