“ECAMPUZ – oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari sohasida o‘zbek olimlari uchun Yevropa jahon iste’dodlar lageri” Yevropa Ittifoqi tomonidan  moliyalashtirilgan ERASMUS + Oliy ta’limda salohiyatni oshirish dasturining xalqaro loyihasi.

📣📣Hozirda Ekstremadura universitetida (Kaseres, Ispaniya) “OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA OZQ-OVQAT MIKROBIOLOGIYASI” mavzusidagi CAMP 2 dasturining ikkinchi kuni boʻlib oʻtmoqda.

📝📝Ishtirokchilarimiz guruhlarga boʻlinib, ularga ishlash vazifasi berildi. Guruhlar Ekstremadura universiteti laboratoriyasida amaliy mashg‘ulotlarni boshladilar.
CAMP 2 trening so’nggi kunida ular o’zlariga topshirilgan mavzu bo’yicha himoya o’tkazadilar.

Dotsent Bekzod Hakimov (Kopengagen universiteti) tomonidan olib borilgan “ZAHARLI BIRIKMALAR BO‘YICHA ILG’ORI ANALITIK USULLARI” mavzusidagi ma’ruzalar davomida quyidagi masalalar bo‘yicha aqliy hujum qilish uchun 5 ta jamoa tuzildi:
– ma’ruza davomida tilga olingan bir yoki bir necha turdagi zaharli moddalarni o‘z ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlariga misol keltiring;
– ularning manbalari nima?
– ulardan qanday qochish kerak?
– salomatlikka ta’siri?

IJTIMOIY TARMOQLARDA BIZNI KUZATISH:
Bizning vebsayt: ecamp.uz
Telegram: https://t.me/PROJECT_ECAMPUZ
Twitter: @EcampuzP77922
YouTube: @ECAMPUZPROJECT
Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100094034706705&mibextid=ZbWKwL
Instagram: https://www.instagram.com/ecampuzproject/