Mezbon hamkor:
Hamkorlar uchun uchrashuv joyi: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy
Konferensiya ochilish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Sana: 2023 yil 14 aprel
Vaqt: 10:00 – 16:00 (Toshkent vaqti bilan)
Hamkor tashkilotlar:
P1 Toshkent kimyo-texnologiya instituti (TKTI, O‘zbekiston). Koordinator.
P2 Kobenhavns Universiteti (UCPH, Daniya). Hamkor.
P3 Extremadura universiteti (UEx, Ispaniya). Hamkor.
P4 O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU, O‘zbekiston). Hamkor
P5 Buxoro muhandislik-texnologiya instituti (BMTI, O‘zbekiston). Hamkor
P6 Andijon Davlat universiteti (ADU, O’zbekiston). Hamkor
P7 Urganch davlat universiteti (UrDU, Oʻzbekiston). Hamkor
P8 Ilg’or texnologiyalar markazi (ITM, O’zbekiston). Hamkor
Yig’ilishda qatnashgan ishtirokchilar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi – Sharlotta Adrian xonim, elchi
O‘zbekistonda NEO+ – A.K. Abdurahmonova, koordinator. Gulshod Karlibayeva, loyiha rahbari.
O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi – Farrux Turg‘unov, mutaxassis
O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari
O’zbekiston oziq-ovqat sanoati korxonalari
TKTI (koordinator) –bosh koordinator – prof. Zebo Babaxonova, aloqa uchun vakil – Dr.Akmal Boboyev, loyiha ma’muri – Xumora Yunusxodjjaeva.
UCPH – dotsent Bekzod Hakimov aloqa uchun vakil, prof. Søren Balling Engelsen, dotsent Tomasz Pawel Czaja
UEx– professor Jorge-Ruiz Carrascal-aloqa uchun vakil
O‘zMU –aloqa uchun vakil – E. Berdimurodov, prof. H.I. Akbarov.
BMTI – Rektor – Sharipov Mirzo. Aloqa uchun vakil- Qahramon Rahmonov, dotsent, Ulug‘bek Ibragimov, Oltiyev Azim.
ADU – rektor – Akramjon Yo‘ldoshev. Aloqa uchun vakil – doktor Nurmatov Dilshadbek, Yulchiev Aslbek, Abdurazzoqov Abdunosirbek.
UrDU – aloqa uchun vakil – prof. Mansur Rajabov, prorektor – Zafar Ibragimov.
ITM – aloqa uchun vakil – doctor Dilbar Dalimova, Yuliya Levitskaya, Sarvar Qaxxorov, Vladimir Tsoy, Soyibjon Bozorov, Diyora Kurmaeva, Barnoxon Artikxodjayeva.
O‘zbekistondagi turli universitetlardan talabalar, yosh o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va universitet xodimlari, OAV vakillari.
2023-yil 14-aprel kuni Yevropa Ittifoqining CBHE-ERASMUS-EDU-2022 dasturi doirasida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekiston olimlari uchun oziq-ovqat fani va texnologiyalari sohasida ECAMPUZ Yevropa jahon iste’dodlar lageri” loyihasining “Boshlanish uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
2023-yil 14-aprelda bo’lib o’tgan loyihaning boshlang’ich yig’ilishida Yevropa Ittifoqi oliy o’quv yurtlari va O’zbekiston Respublikasidagi hamkor tashkilot hamkorlari professor-o’qituvchilari ishtirokida Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy Ofisi, oziq-ovqat sanoati va O’zbekiston Respublikasining boshqa oliy o’quv yurtlari vakillari ham ishtirok etdi.
“Boshlang’ich uchrashuv” ning maqsadi loyihaning maqsad va vazifalarini, uning ustuvor yo’nalishlarini, maqsadli guruhlarini, kelgusi 3 yilga mo’ljallangan dasturni, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi universitetlar va oziq-ovqat korxonalari o’rtasidagi amaliyot modelini O’zbekiston oziq-ovqat sanoati va oliy o’quv yurtlariga qo’llashdan kutilayotgan natijalarni ilgari surish edi.
Leave A Comment