Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “ECAMPUZ – European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology – ERASMUS-EDU-2022-CBHE” loyihasi “Oziq-ovqat fanlari va Fudomika bo‘yicha Birinchi Ipak yo‘li anjumani (The First Silk Road Conference on Food Science and Foodomics)”ning e’lon qilinishini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi.
Oziq-ovqat fanlari va Foodomika bo‘yicha Birinchi Ipak yo‘li anjumani O‘zbekistonning oziq-ovqat sanoati va akademik hamjamiyatini birlashtirishga bag‘ishlangan birinchi xalqaro tadbir hisoblanadi.
Ushbu anjumanda oziq-ovqat mikrobiologiyasi, oziq-ovqat va salomatlik, oziq-ovqat qonunchiligi va tartibga solish, sensorika ilmi, fudomika, oziq-ovqatdagi oksidlanish jarayonlari va oziq-ovqatni tahlil qilish texnologiyalari kabi muhim yo‘nalishlarda ma’ruzalar o‘qiydigan jahon miqyosidagi yetakchi olimlar ishtirok etadi.
Shuningdek, ushbu tadbir anjumanning kelgusi nashrlari va O‘zbekiston Oziq-ovqat fanlari jamiyatining loyiha tugaganidan keyingi faoliyati uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
🗓 Sanalar: 2025-yil 3–5-noyabr
✅ O’tkazilish joyi: Wyndham mehmonxonasi, Buxoro
📍 Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 8-uy, Buxoro shahri, O‘zbekiston
Bo‘limlar uchun yo‘nalishlar:
- Oziq-ovqat xavfsizligi (Oziq-ovqat xavfsizligi, Oziq-ovqat mikrobiologiyasi, Oziq-ovqat gigiyena va sanitariyasi, HACCP, Oziq-ovqat orqali yuqadigan patogenlar, Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha me’yoriy talablari, Saqlash va ishlov berish)
- Oziq-ovqatni qayta ishlash (Oziq-ovqatni qayta ishlash va muhandislik, Quritish, Pasterizatsiya, Ilg‘or qayta ishlash usullari, Qadoqlash tizimlari, Yaroqlilik muddatini uzaytirish, Jarayonlarni boshqarish va optimallashtirish)
- Fudomika (Oziq-ovqat metabolomikasi, Proteomika, Genomika, Oziq-ovqat tadqiqotlarida ma’lumotlar ilmi, Oziq-ovqat va salomatlik o‘rtasidagi bog‘liqlik, Mikrobiom)
- Yashil oziq-ovqatga o‘tish (Biotexnologiya, Genetik muhandislik, Funksional oziq-ovqat ingredientlarini ishlab chiqish, Oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish)
🔗 Qo‘shimcha ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havolaga tashrif buyuring: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScdtjbABFSVISTMQxwiZ6-IFG62YQUuCed-WHkoorlbYF6frA/viewform
📧 Savollar bo‘yicha quyidagi manzilga murojaat qiling: ecampuzconference@gmail.com
📄 Anjuman dasturi, ma’lumot xati, bir betlik annotatsiya topshirish shabloni va info-flyerni HAVOLA orqali yuklab olishingiz mumkin:



Leave A Comment