📣📣📣ECAMPUZ loyihasi 2023-yildan “Train-the-trainer” dasturi ishtirokchilarini taqdim etadi

Kopengagen universiteti (Daniya) va Ekstremadura universiteti (Ispaniya) vakillari “ECAMPUZ – Oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari sohasida O‘zbekiston olimlari uchun Yevropa jahon iste’dodlar lageri – ERASMUS-EDU-2022-CBHE” loyihasi doirasida 2023-yil avgust oyida ECAMPUZ loyihasi “Train-the-trainer” dasturida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hamkor tashkilotlaridan dastlabki 6 nafar ishtirokchini tanlab oldilar.

6 nafar ishtirokchilar loyihaning Yevropa Ittifoqi hamkor universitetlarida keng qamrovli treningdan o‘tish va qimmatli tajriba orttirish imkoniga ega bo‘ldi. Loyihaning O’zbekistondagi hamkor tashkilotlari ishtirokchilari ular uchun oldindan ishlab chiqilgan dasturni yakunladilar va Yevropa Ittifoqi hamkorlari rahbarligi va hamkorligida o‘zlarini qiziqtirgan mavzu ustida ishladilar.

“Train-the-trainer” dasturining asosiy maqsadli guruhi: “ECAMPUZ” loyihasi O‘zB hamkor tashkilotlaridan tadqiqotchilar, yosh o‘qituvchilar va tayanch doktorantura talabalari (Oziq-ovqat fanlari va texnologiyasi bo‘yicha) 👩‍🎓👨‍🎓👩‍🔬👨‍🔬

🕐”Train-the-trainer” dasturining davomiyligi: 3 oygacha

☑️Dastur oʻtkaziladigan joy: Kopengagen universiteti (Daniya), Ekstremadura universiteti (Ispaniya)

#ECAMPUZ #ERASMUS #CBHE