“ECAMPUZ – O’zbekiston olimlari uchun oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari bo’yicha Yevropa jahon iste’dodlar lageri” ERASMUS + Oliy ta’lim salohiyatini oshirish dasturining xalqaro loyihasi.
📣 Ispaniyaning Ekstremadura universitetida ECAMPUZ loyihasining 2-CAMP treningi!
📝O’tiladigan fanlar: Oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat mikrobiologiyasi
CAMP 2 Davr: 1-16 iyun, 2024-yil
⏳ Davomiyligi: ikki hafta
🔔 Qabul qiluvchi tashkiloti: Ekstremadura universiteti
CAMP oʻtkaziladigan joy: Kaseres, Ispaniya🇪🇸
Ishtirokchilarimiz joriy yilning 12 Iyun kuni Ispaniyaning Kaseres yaqinidagi chorva mollari so’yish korxonasi va pishloq zavodi ishi bilan tanishish imkoniga ega bo’ldilar.
📈 Chorva mollari (asosan qo’zi va qo’y) so’yish korxonasiga joriy qilingan tajriba Ispaniya va O’zbekistonda qo’llaniladigan so’yish, saqlash va qadoqlash usullarini solishtirish imkonini berdi.
⚡️ Ishtirokchilarimiz Kasar-de-Kaseresdagi “Los Casareños” kichik zavodida qo‘y va echki suti qanday qayta ishlanayotganini ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar va qo‘y sutidan tayyorlangan mashhur pishloqlardan biri – Torta del Casarni ta’tib ko‘rdilar.
IJTIMOIY TARMOQLARDA BIZNI KUZATING:
💠 ECAMP.UZ (https://ecamp.uz/) 📱Telegram (https://t.me/PROJECT_ECAMPUZ) 📱 Twitter (https://x.com/EcampuzP77922) 📱 You Tube (https://www.youtube.com/channel/UC5bWgu02lHcPN-IL44fPZtg) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100094034706705&mibextid=ZbWKwL) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/ecampuzproject/)
Leave A Comment