“ECAMPUZ – O‘zbekiston olimlari uchun oziq-ovqat fani va texnologiyasi sohasidagi Yevropa jahon iste’dodlar lageri – ERASMUS-EDU-2022-CBHE” loyihasi 5 ta O’zbekistondagi OTMlar bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari uchun CAMP 1 kursi boshlanganini e’lon qiladi :
Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
O’zbekiston Milliy Universiteti;
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;
Andijon Davlat Universiteti
va Urganch davlat universiteti.
Mavzu: Akademik oziq-ovqat fanini modernizatsiya qilish va birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish.
O’tiladigan fanlar: oziq-ovqat kimyosi, molekulyar gastronomiya va oziq-ovqat tahlili.
Davomiyligi: 2023 yil 18-30 sentyabr
Lager joylashuvi:
- Toshkent viloyati, Chimyon shaharchasidagi “Yoshlar oromgohi” (“Yoshlar Oromgoxi”) – 2023 yil 18-24 sentyabr
- Toshkent kimyo-texnologiya instituti (Toshkent sh., Navoiy koʻchasi, 32-uy) va Ilgʻor texnologiyalar markazi (Toshkent sh., Talabalar shaharchasi, 3A) – 2023 yil 25-30-sentyabr.
Talabalar soni: 26
Leave A Comment