“CAMP 1 ishtirokchilari bilan onlayn uchrashuv” 2023-yil 13-iyulda boʻlib oʻtdi.

“ECAMPUZ – O‘zbekiston olimlari uchun oziq-ovqat fani va texnologiyasi sohasidagi Yevropa jahon iste’dodlar lageri – ERASMUS-EDU-2022-CBHE” loyihasi 2023-yil 13-iyulda Zoom orqali loyihaning birinchi CAMP ishtirokchilari bilan birinchi onlayn uchrashuvini o‘tkazdi.

Onlayn uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad 2023-yil 18-30-sentabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladigan CAMP 1 oldidan va davomida boʻlajak tadbirlar bilan talabalarni tanishtirish edi.

ECAMPUZ CAMP 1 loyihasi uchun ishtirokchilar Loyihaning 5 ta hamkor universitetlaridan:

Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

O‘zbekiston Milliy universiteti;

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;

Andijon davlat universiteti

va Urganch davlat universiteti.

Onlayn uchrashuvda O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy Ofisi koordinatori Aziza Abduraxmanova ECAMPUZ loyihasining yaqinlashib kelayotgan birinchi CAMP barcha ishtirokchilarini tabrikladi va yana bir bor O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy Ofisi  jamoasining loyihalarni boshqarishda yordam berish hamda loyiha faoliyatini ilgari surish, xabardor qilish va tarqatishda yordam berishni taklif qildi.

Ekstremadura Universiteti vakili Professor Xorxe Ruiz-Karraskal va Kopengagen Universiteti jamoasi aʼzolari dotsent Bekzod Xakimov va dotsent Tomas Pavel Chaya tanlangan talabalarni ECAMPUZ loyihasining 1-CAMPga qoʻshilish imkoniyati bilan tabrikladilar.

Soʻngra 1-CAMPning maqsad, vazifalari va faoliyati tushuntirilib, 1-CAMPdan oldingi va 1-CAMP davomidagi tadbirlar boʻyicha koʻrsatmalar berildi.