“Trener tayyorlash dasturi uchun onlayn suhbat” 2023-yil 15-16-avgust kunlari bo‘lib o‘tdi.

Yevropa Ittifoqi hamkor tashkilotlari vakillari (Kopengagen universiteti va Ekstremadura universiteti) “ECAMPUZ – oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari bo’yicha O’zbek olimlari uchun Yevropa jahon iste’dodlar lageri-ERASMUS-EDU-2022-CBHE” loyihaning o’zbek hamkor tashkilotlari nomzodlari bilan ikki kunlik onlayn suhbatdan so’ng “trenerlarni tayyorlash” dasturining birinchi ishtirokchilarini tanladi. Suhbatdan so’ng 20 nomzoddan 7 nafar bo’lajak ishtirokchi tanlandi.

“Trenerlarni tayyorlash” dasturining asosiy maqsadli guruhi: UZB “ECAMPUZ” loyihasi hamkor tashkilotlarining tadqiqotchilari, yosh o‘qituvchilari va aspirantlari (shu jumladan, tegishli hamkorlar).

“Trenerlarni tayyorlash dasturi” davomiyligi: 3 oygacha.

Dastur o’tkaziladigan joy: Kopengagen universiteti (Daniya), Ekstremadura universiteti (Ispaniya)

Stajyorlar Yevropa Ittifoqining hamkor universitetlarida keng qamrovli malaka oshirish va qimmatli tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. UZB ishtirokchilari oldindan belgilangan treningdan o’tadilar va Yevropa Ittifoqi hamkorlarining rahbarligi va hamkorligi ostida o’zlarini qiziqtirgan mavzu ustida ishlaydilar.